“Markaziy Osiyoda qalbakilashtirilgan tibbiy mahsulotlar va ular bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashish” mavzusida mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tmoqda

21.06.2024 1579

2024 yil 19-21 iyun kunlari Toshkent shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha boshqarmasi (UNODC)ning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi, Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va AQSh Adliya vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan “Markaziy Osiyoda qalbakilashtirilgan tibbiy mahsulotlar va ular bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashish” mavzusida mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Seminarda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi (UNODC)ning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili Ashita Mittal xonim, Narkotiklarni nazorat qilish va huquqni muhofaza qilish xalqaro boshqarmasi (AQSh) Toshkentdagi elchixonasi direktori Nataniel Rettenmayer, Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ning O‘zbekistondagi vakili Ashina Xalakdina va “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi raisi Ismatjon Azizov hamda bir qator xalqaro mutaxassislar ishtirok etmoqdalar.

Ushbu seminarda qat’iy nazoratdagi dori vositalarini firibgarlik va suiiste’mol qilinishi oldini olish bilan qat’iy nazoratga olgan holda xavfsiz ishlatishni ta’minlash, kelgusidagi mintaqaviy istiqbolli rejalar muhokama qilinmoqda.